PZR-testini qoidalari

O'zbekistonga kirish qoidalari.

2022-yil 16-martdan boshlab O‘zbekistonga kirish uchun yangilangan qoidalar kuchga kiradi:

Xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga Covid-19 ga qarshi emlanganlik to‘g‘risida sertifikati yoki emlash pasporti bo’lgan yo‘lovchilardan (12 yoshdan oshgan) poyezdga chiqishdan oldin PZR-test yoki ekspress-testni taqdim etish talab etilmaydi.

Aks holda, yo‘lovchilar salbiy Covid-19 PZR-testini (amal qilish muddati 72 soat) yoki ekspress-testni taqdim etishlari kerak.

Yuqorida ko‘rsatilgan barcha sertifikat/hujjatlar QR-kodiga ega bo‘lishi kerak.

Laboratoriyalarning tasdiqlangan ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rasmiy veb-saytining COVID-19 LAB bo‘limida keltirilgan (http://sanepid.uz/)

O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining chiqish qoidalari.

Hurmatli yo‘lovchilar!

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 16-avgustdagi PF-5156-son farmonning 3-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining amaldagi biometrik pasporti ("yashil pasport") O‘zbekistondan chiqib ketish uchun faqat 2021-yil 1-yanvargacha amal qiladi. Yuqoridagi sanadan boshlab mamlakatdan chiqish faqat yangi turdagi xorijga chiqish biometrik pasport ("qizil pasport") bilan amalga oshiriladi.

Biroq, siz "yashil pasport" bilan uning amal qilish muddati tugagunga qadar O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishingiz hamda O‘zbekiston hududiga kirishingiz mumkin.

O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining yuqorida qayd etilgan mamlakatlarga poyezdda borishni istasangiz, belgilangan mamlakatda sanitariya talablarini mustaqil ravishda aniqlab olishingiz va temir yo'l chiptalarni sotib olishdan oldin yuqorida ko'rsatilgan mamlakatlarga kirish huquqini beruvchi tegishli asoslar mavjudligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.

Respublikamiz hududiga kirib kelishingiz bilan isitma yoki boshqa alomatlar kuzatiladigan yo`lovchilarning barchasi, COVID-19 ga qarshi emlash sertifikati/pasportining mavjudligi PZR sertifikati bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, yuqumli kasalliklar shifoxonasida izolyatsiya qilinishini bildiramiz

Davlat chegarasini kesib o‘tish vaqtida muddati berilgan kundan boshlab, 72 soat oshmagan COVID-19 uchun PZR usuli bilan topshirilgan testning manfiy natijali Ma’lumotnomasini (keying o‘rinlarda - Ma’lumotnoma) topshirishlari shart, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar bundan mustasno, ularga hamrohlik qilayotgan shaxslarda Ma’lumotnoma bo‘lishi zarur

Barcha sertifikatlar QR-kodiga ega bo‘lishi kerak.

 COVID-19 uchun PZR testining manfiy natijasi yo‘q bo‘lgan taqdirda, yo‘lovchilar, poyezdga kiritilmaydi.

Qulaylik uchun bizning ilovamizni yuklab oling!